Mavigram

Maxfiylik siyosati — Mavigram

Versiya: 2026-10-21.

Kim

Mavigram ilovasini «ERIK BAXO SERVIS» MChJ (O'zbekiston) chiqaradi.

Qanday ma'lumot yig'iladi

Hech qanday. Ilova uchun serverimiz va analitika yo'q. Mavigram o'zidan reklama qo'shmaydi; Telegramning homiylik xabarlari ko'rinishi mumkin. Biz sizning ma'lumotlaringizni olmaymiz va saqlamaymiz.

Xabarlar, kontaktlar va hisobingizni Telegram, xaridlar va bildirishnomalarni Apple yoki Google o'z siyosatlari bo'yicha qayta ishlaydi: Telegram, Apple, Google.

Ilova internetga rasmiy Telegram ilovasi qanday ulansa, xuddi shunday ulanadi. Masalan, xarita, havola yoki mini-ilova ochganingizda o'sha xizmatlarga murojaat qiladi.

To'g'ridan-to'g'ri ulanish bo'lmasa, ilova Telegram server manzillarini topish uchun Google yoki Cloudflare'ning shifrlangan DNS xizmatlariga murojaat qilishi mumkin, rasmiy Telegram ilovasidagidek. Bu biz tomondan ma'lumot yig'ish emas.

Yashirin chatlar

Yashirin chatlar paroli va tiklash kodi hech qayerda saqlanmaydi; telefoningizda faqat ulardan hosil qilingan kalit saqlanadi. Biz ularni ko'ra olmaymiz va tiklab bera olmaymiz.

Chatni yashirin chatlarga qo'shganingizda, siz tasdiqlagandan keyin u Telegramda ovozsiz qilinadi. Telegram chat ovozsiz ekanini biladi, lekin yashirilganini bilmaydi. Chatni qaytarganingizda faqat shu ovozsiz rejim olib tashlanadi.

Yordam xatlari

Bizga yozsangiz, bizda faqat xatingiz bo'ladi. Undan faqat o'qish uchun foydalanamiz: support@mavigram.uz

O'zgarishlar

Bu matn o'zgarishi mumkin. Yuqoridagi sana amaldagi versiyani bildiradi.